Shahrisabz shahridagi ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil  14-martdagi  135-sonli  “Koreya Respublikasi Hukumatining grantini jalb etgan holda Shahrisabz shahrida kasb-hunarga o ‘qitish markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori asosida Shahrisabz shahridagi ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazi tashkil etildi.

Qabul vaqtlari:
1-oqim uchun qabuli avgust-sentabr oylarida.
2-oqim uchun qabuli fevral-mart oylarida.

Markazda ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish  (qayta tayyorlash) quyidagi kasblar bo‘yicha bepul amalga oshiriladi:

  1. Axborot texnologiyalari kasbi.
  2. Elektr montajchi va elektron kasbi.
  3. Metalga ishlov berish va chilangarlik kasbi.
  4. Tikuv jarayoni texnologiyalari kasbi.
  5. Yigiruv ishlab chiqarish texnologiyalari kasbilari

  • Markazlarda kasb-hunarga o‘qitish muddati  8 oy, shundan Markazda o‘qish – 6 oy, korxonalarda ishlab chiqarish amaliyoti – 2 oy.
  • Markazlarda o‘qiyotgan talabalarga   6 oy mobaynida Bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan eng kam oylik ish haqi miqdorida stipendiya beriladi.
  • Kasb-hunarga o‘qitish markazlariga hujjatlar tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazining yo‘llanmasi asosida qabul qilinadi.
  • Bitiruvchilarga egallagan kasbi (mutaxassisligi) bo‘yicha mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi davlat namunasidagi diplom beriladi.

Manzil: Qashqadaryo viloyati  Shahrisabz shahar F.Xo‘jayev ko‘chasi  39 uy

Telefon raqam: (+998 91) 960-59-55

Telegram: havola

Facebook: havola