Shahrisabz shahridagi ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-martdagi 135-sonli “Koreya Respublikasi Hukumatining grantini jalb etgan holda Shahrisabz shahrida kasb-hunarga o ‘qitish markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori asosida Shahrisabz shahridagi ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazi tashkil etildi.
Qabul vaqtlari:
1-oqim uchun qabuli avgust-sentabr oylarida.
2-oqim uchun qabuli fevral-mart oylarida.
Markazda ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish (qayta tayyorlash) quyidagi kasblar bo‘yicha bepul amalga oshiriladi:
- Axborot texnologiyalari kasbi.
- Elektr montajchi va elektron kasbi.
- Metalga ishlov berish va chilangarlik kasbi.
- Tikuv jarayoni texnologiyalari kasbi.
- Yigiruv ishlab chiqarish texnologiyalari kasbilari
- Markazlarda kasb-hunarga o‘qitish muddati 8 oy, shundan Markazda o‘qish – 6 oy, korxonalarda ishlab chiqarish amaliyoti – 2 oy.
- Markazlarda o‘qiyotgan talabalarga 6 oy mobaynida Bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan eng kam oylik ish haqi miqdorida stipendiya beriladi.
- Kasb-hunarga o‘qitish markazlariga hujjatlar tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazining yo‘llanmasi asosida qabul qilinadi.
- Bitiruvchilarga egallagan kasbi (mutaxassisligi) bo‘yicha mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi davlat namunasidagi diplom beriladi.
Manzil: Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar F.Xo‘jayev ko‘chasi 39 uy
Telefon raqam: (+998 91) 960-59-55
Telegram: havola
Facebook: havola