Samarqand va Shahrisabz kasb hunarga o’qitish markazlarining talabalari o’rtasida “ZEHN BILAN COVID-19 NI YENGAMIZ” musobaqasi tashkil etilgan. Musobaqa mezoniga ko’ra talabalar interaktiv (yangi g’oyalar asosida) yaratilgan poster va videoroliklarni qabul komissiyasiga maxsus ochilgan telegram manziliga yuborishlari lozim.

G’oliblar 2 bosqichda aniqlanadi. G’oliblar dekabr oyining oxirilarida e’lon qilinadi va ular katta miqdordagi mukofot bilan taqdirlanadi. Musobaqa shartlari, o’tkazish muddati va mukofot miqdori haqidagi ma’lumotlarni @Covid19yengamiz telegram manzilimiz orqali tanishib olishingiz mumkin.